GIGANDHOLDING
Murojaat uchun
+998 91 971 22 22
gigand.uz
← Kalkulyatorlar Davlat xaridlari · UzEx

Tender kalkulyatori — kim yutadi?

Zakazchik summasini, ball og'irliklarini va ishtirokchilar takliflarini kiriting — kalkulyator har bir ishtirokchining balini hisoblab, g'olibni darhol ko'rsatadi. Hisob UzEx «Eng yaxshi takliflarni tanlash» qoidasi bo'yicha.

1

Asosiy sozlamalar

Lot e'lonidagi «Takliflarni baholash mezoni» bo'limidan oling — masalan: narx 30 ball, texnik/hujjat 70 ball

Jami: 100 — to'g'ri ✓
2

Ishtirokchilar

Har bir ishtirokchining taklif narxi va hujjatlardan olgan balini (0–100) kiriting

3

Natija

Ballar avtomatik hisoblanadi — eng yuqori jami ball g'olib bo'ladi

Narx balli Hujjat balli
Formula qanday ishlaydi? (oddiy tilda)

1. Narx balli. Eng arzon taklif to'liq ball oladi, qolganlar narxi qancha qimmat bo'lsa, shuncha kam:

Narx balli = (Eng arzon narx ÷ Ishtirokchi narxi) × Narx maks. ball

2. Hujjat balli. Hujjatlar 100 ballik tizimda baholanadi, keyin tanlangan og'irlikka keltiriladi:

Hujjat balli = (Hujjat bahosi ÷ 100) × Hujjat maks. ball

3. Jami ball. Ikkalasining yig'indisi. Eng katta jami ball to'plagan ishtirokchi — g'olib.

Maslahat: narxni pasaytirish balni oshiradi, lekin foydani kamaytiradi. Hujjatlarni to'liq va sifatli topshirish — eng arzon yo'l bilan ball yig'ish usuli.